Do’konga yoki bozorga tushdingiz. Birdan ko’zingiz juda chiroyli ko’ylakka yoki anchadan beri orzu qilib yurgan buyumingizga tushdi. Bir lahza yuragingiz «jiz» etdi.
Lekin keyingi soniyada ichingizdagi «tejamkor, kamtar» ayol uyg’onadi: «Qo’y, shart emas. Undan ko’ra uyga go’sht-yog’ olay. Erimning ishlari ham shu kunlarda yurishmayapti, ortiqcha xarajat qilib kayfiyatini buzmay...»
Tanish holatmi?
Siz o’sha lahzada shunchaki ko’ylakdan voz kechmaysiz;
Siz eringizning barakasini va moliyaviy o’sishini ham o’z qo’lingiz bilan to’xtatib qo’yasiz.
Ayol hech narsa so’ramay, pulni faqat qattiq tejasa, erkakning ong ostida xavfli signal ishga tushadi: «Demak, mening pulimga, mening mehnatimga ehtiyoj yo’q ekan. Unda nega o’zimni qiynab, ko’proq topishim kerak?»
Erkak pulni o’zi uchun emas — shu pul bilan baxtli bo’ladigan ayol uchun topadi.
Agar eringiz sizga ko’proq e’tibor, g’amxo’rlik va saxiylik bilan qarashini istasangiz, avval sizni so’rashdan to’xtatib turgan uyat, qo’rquv va «loyiq emasman» degan ichki ovozni tushunishingiz kerak.